Asosiy mazmunga oʻtish
Toshkent+998 99 898 60 00
+998 99 898 60 00Maslahat va buyurtmaNarx hisoblashSavat

Hikvision rasmiy distribyutori

STS — Hikvision rasmiy distribyutori, Toshkent

Videokuzatuv va xavfsizlik tizimlarini loyihalaymiz, yetkazib beramiz, oʻrnatamiz va xizmat koʻrsatamiz. Hikvision rasmiy distribyutori.

Toshkent shahri manzarasi

01Biz haqimizda

Toʻliq sikl — bitta kompaniyada

STS doʻkonlar tarmogʻi sifatida boshlangan va bugun loyiha, montaj va servisni birlashtirgan kompaniyaga aylangan. Uskunani oʻzimiz yetkazamiz, tizimni oʻzimiz quramiz va keyin ham oʻzimiz xizmat koʻrsatamiz.

Kvartiradan zavodgacha — har bir obyekt uchun muhandis, montaj brigadasi va servis markazi javob beradi. Yirik va tender loyihalari uchun alohida loyihalar boʻlimi ishlaydi.

yakunlangan loyiha
1 000+

05Ish jarayoni

Ish qanday boradi

  1. 0115 daqiqa

    Soʻrov

    Obyekt va vazifani qisqacha aytasiz — menejer shu kuni bogʻlanadi.

  2. 021–2 kun

    Bepul koʻrik

    Usta obyektni koʻradi (yirik obyektda — muhandis): xavf nuqtalari va kabel yoʻllarini belgilaydi.

  3. 032–3 kun

    Smeta

    Kamera joylashuvi, uskunalar roʻyxati va aniq narx — yashirin xarajatlarsiz.

  4. 041 kun

    Shartnoma

    Muddat, kafolat va toʻlov bosqichlari qogʻozda. Yuridik shaxslar uchun toʻliq hujjatlar.

  5. 051 kundan

    Oʻrnatish

    Oʻz montaj brigadamiz: toza ish, yashirin kabel, har bosqichda fotohisobot.

  6. 06doimiy

    Topshirish va servis

    Sozlash, oʻqitish, dalolatnoma — keyin kafolat va texnik xizmat shartnomasi.

06Tuzilma

Kompaniya boʻlimlari

  1. 01Loyihalar boʻlimiKorxona, davlat obyektlari va tenderlar
  2. 02Montaj brigadalariToshkent va viloyatlardagi obyektlar
  3. 03Servis markaziKafolat, taʼmir va texnik xizmat
  4. 04Doʻkonlar va internet-doʻkonChakana savdo, shourum va saytdagi katalog
  5. 05Ulgurji boʻlimViloyatlardagi diler va ustalar uchun
  6. 06Markaziy omborLoyihalar uchun uskuna zaxirasi

07Tamoyillar

Qanday ishlaymiz

  1. 01

    Oʻz jamoamiz

    Pudratchilar zanjiri yoʻq — javobgarlik aniq.

  2. 02

    Shaffof smeta

    Narx shartnomada qayd etiladi va oʻzgarmaydi.

  3. 03

    Toza montaj

    Yashirin kabel, markirovka va fotohisobot.

  4. 04

    Uzoq muddatli servis

    Topshirgandan keyin ham tizim uchun javob beramiz.

08Brendlar

Biz ishlaydigan brendlar

Hikvision rasmiy distribyutori: kameralar, registratorlar, kirish nazorati, domofon va signalizatsiya.

  • Hikvision
  • Western Digital
  • Seagate
  • APC
  • Hyperline

09Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Videokuzatuv tizimini oʻrnatish qancha turadi?

Narx kameralar soni va turiga, kabel uzunligiga va analitikaga bogʻliq. Tayyor yechimlarda «dan boshlab» narx koʻrsatilgan; aniq summani bepul koʻrikdan keyin smetada beramiz.

Montaj qancha vaqt oladi?

Kvartira yoki doʻkon — odatda 1 kun, ofis — 2–3 kun. Yirik obyektlar uchun shartnomada bosqichma-bosqich jadval tuziladi.

Qaysi uskunalardan foydalanasiz?

Asosan Hikvision: kameralar, registratorlar, domofonlar, kirish nazorati va signalizatsiya. Barcha uskunani shu saytdagi katalogda — narx va mavjudlik bilan — koʻrishingiz mumkin.

Kafolat beriladimi?

Ha. Uskunaga — ishlab chiqaruvchi kafolati, montaj ishlariga — STS kafolati. Doʻkondan olingan tovarni kafolat boʻyicha servis markaziga olib kelasiz; STS oʻrnatgan tizimga usta bepul chiqadi.

Kameralarni telefondan koʻrsa boʻladimi?

Ha. Hik-Connect ilovasini sozlab beramiz: jonli tasvir, arxiv va harakat haqida bildirishnomalar — dunyoning istalgan joyidan.

Viloyatlarda ishlaysizmi?

Ha, butun Oʻzbekiston boʻylab. Yirik va tender loyihalari uchun muhandislarimiz obyektga chiqadi.

10Rekvizitlar

Yuridik maʼlumotlar

Nomi
OOO «SMART TECHNOLOGY SYSTEMS»
STIR
304704282

11Aloqa

Obyektingizni muhokama qilaylik

Raqamingizni qoldiring. Muhandis qoʻngʻiroq qilib, vazifani aniqlaydi va bepul koʻrikka vaqt belgilaydi.

Qayta qoʻngʻiroq

Yuborish orqali maʼlumotlarimni qayta aloqa uchun ishlatishga roziman.